Imtiyozli yo'llanma olish tartibi
Kasaba uyushmasi a'zolari uchun 55% chegirmali yo'llanma olish 3 ta oson bosqichda amalga oshiriladi.
Ariza topshirish
Korxonangiz boshlang'ich kasaba uyushmasi tashkiloti raisi nomiga imtiyozli yo'llanma ajratish bo'yicha ariza yozasiz.
Tibbiy ma'lumotnoma
Davolovchi shifokordan 070-U shaklidagi sanatoriy-kurort tavsiyanomasini (ma'lumotnomasini) olasiz.
55% Chegirma bilan yo'llanma
Kasaba uyushmasi mablag'lari hisobidan 55% chegirma qoplanib, sizga rasmiy yo'llanma taqdim etiladi.